AsosiyJamiyat

Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi

'Samarqandda "Nexia" kanalga tushib ketishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Samarqand tumanida "Nexia" kanalga ag`darilishi oqibatida uch kishi halok bo`ldi. 

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, halokat 8 may kuni soat 02:40 atrofida tumanning "Badal" MFY hududida sodir bo`lgan. "Nexia" avtomobili haydovchisi harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo`qotgan va mashinaning orqa yon qismi bilan kanalga ag`darilgan.

Mashinaning old o`rindiqlaridagi haydovchi va yo`lovchi suvdan chiqishga ulgurishgan. Orqada o`tirgan 15, 16 yoshli maktab o`quvchilari hamda 29 yoshli yigit halok bo`lgan. Ularning ikki nafari Samarqand tumani 24-sonli maktabning o`quvchisi bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar