Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Urganch shahrida sodir bo`lgan YTH yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi:
Bugun, 2022 yil 12 may kuni soat 14:30 larda Xorazm viloyati, Urganch shahri, Al-Xorazmiy-Sheroziy-G`.G`ulom ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1949 yilda tug`ilgan A.A. boshqaruvidagi "Lada-2194" rusumli hamda haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.M. boshqaruvida bo`lgan "Isuzu" rusumli avtobus ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, avtobus yo`lovchilari, 1961 yilda tug`ilgan M.M. hamda 2000 yilda tug`ilgan M.O`.lar tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, "Lada-2194" rusumli avtomobil haydovchisi olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Urganch shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






