Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi” Qarori imzolandi.
Unga ko`ra, 2023–2024 yillarda maktablarda ma`nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash bo`yicha dasturni moliyalashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan 200 milliard so`m, mahalliy byudjetlar hisobidan 200 milliard so`m miqdorda mablag`lar ajratiladi.
Shuningdek 2022/2023 o`quv yilidan boshlab 400 nafargacha o`quvchisi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim muassasalarida Internet tezligini kamida 40 Mbit/s, o`quvchilar soni 400 nafardan yuqori bo`lganlarda – kamida 100 Mbit/s bo`lishi ta`minlanadi. Internetga ulash uchun zarur mablag`larni ajratish vazifasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirildi.






