O`zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi "Nurli obod" fermer xo`jaligi rahbari Lola Murotova qattiq betob bo`lib qoldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga ko`ra, Bosh vazir o`rinbosari Sh.G`aniev, sog`liqni saqlash vaziri B.Musaev, Prezident maslahatchisi o`rinbosari A.Jurabaev va men viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan Lola opa holidan xabar oldik, davlatimiz rahbarining salomi va tezda shifo topish tilagini etkazdik", - deyiladi xabarda.
Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To`laganov, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari X.Fozilov, F.To`raev, M. Irismetov, tibbiyot fanlari doktori O.Ahmedov va boshqa qator tibbiyot muassasalari direktorlaridan iborat konsilium boshchiligida tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda.