AsosiySport

Suv polosi: Kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlanmoqda

'Suv polosi: Kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati boshlanmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 13-18-may kunlari Toshkentdagi suv sporti turlariga qarashli Respublika oliy sport mahorati maktabining suzish havzasida suv polosi bo`yicha kattalar o`rtasida mamlakat chempionati bahslari bo`lib o`tadi.

Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, erkaklar o`rtasida Toshkent shahri, Namangan viloyati, O`zbekiston suzish federasiyassi, “Germes Tristmegist”, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 1-son bolalar va o`smirlar sport maktabi hamda Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktabi jamoalari sovrinli o`rinlar uchun kurash olib borishadi.

Xotin-qizlar o`rtasida esa Toshkent shahri, Namangan va Xorazm viloyatlari, shuningdek, suv sporti turlariga qarashli Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Xorazm viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktabi jamoalari O`zbekiston chempionatining medallari uchun bahs yuritishadi.

Bugun, 13 may kuni o`tkaziladigan ilk bahslarda quyidagi jamoalar o`zaro kuch sinashadilar.

Xotin-qizlar jamoalari:

ROSMM – Namangan viloyati;

Toshkent shahri – Xorazm viloyati.

Erkaklar jamoalari:

1-BO`SM (Yakkasaroy tumani) – “Germes Tristmegist” SK;

O`zbekiston suzish federasiyassi – Namangan viloyati;

IBO`SM (Namangan viloyati) – Toshkent shahri.

    Boshqa yangiliklar