AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 13-14 may kunlari qator hududlarga sel kelishi mumkinligi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi

'"O`zgidromet" 13-14  may kunlari qator hududlarga sel kelishi mumkinligi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi'ning rasmi

Joriy yilning 13-14 may kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lib, ayrim joylarda momaqaldiroq bo`ladi, do`l yog`ishi mumkin.

Shu bois, "O`zgidromet" respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi mumkinligi haqida shoshilinch axborot e`lon qildi, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor, Koson tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqorg`on, Muzrobot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Pskent, O`rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg’on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog` oldi va tog`li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar