AsosiyJamiyat

Keyingi yillarda maktablar qurish hisobiga 1,2 million o`quvchi o`rni yaratiladi

'Keyingi yillarda maktablar qurish hisobiga 1,2 million o`quvchi o`rni yaratiladi'ning rasmi

"Xalq ta`limini rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko`ra, 2022-2026 yillarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash hisobiga 1,2 million o`quvchi o`rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qaror bilan 2022-2026 yillarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlashning asosiy prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlangan bo`lib, unga ko`ra respublika bo`yicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi.

"Asosiy prognoz ko`rsatkichlarga muvofiq umumiy o`rta ta`lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta`mirlash va jihozlash – O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida ajratiladigan mablag`lar, Davlat byudjeti mablag`lari, xalqaro moliya institutlarining kreditlari va grantlari, homiylik xayriyalari, xususiy sheriklar hamda nodavlat ta`lim tashkilotlari mablag`lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi",-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida 2022-2026 yillarda umumiy o`rta ta`limda 700 ming o`quvchi o`rni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi ta`minlanishi belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar