AsosiyJamiyat

Gaziantep, Hatay, Afyonkarahisar... Turkiyaning YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan oshxonalari. Ular nimasi bilan mashhur?

'Gaziantep, Hatay, Afyonkarahisar... Turkiyaning YuNESKO ro`yxatiga kiritilgan oshxonalari. Ular nimasi bilan mashhur?'ning rasmi

Ming yillar davomida turli sivilizasiyalarga mezbonlik qilgan Turkiyaning Gaziantep, Hatay va Afyonkarahisar shaharlari gastronomiya sohasida Birlashgan Millatlar ta`lim, fan va madaniyat tashkilotining (YuNESKO) Ijodiy Shaharlar Tarmog`iga (Creative Cities Network) kitirilgan.

Bu shaharlarning o`ziga hos mazali lazzatlari bu hududlarning an`analari chuqur ildiz otganini aks ettiradi.

Turkiyaning dong`i ketgan oshxonalari gastronomiya sohasida YuNESKO Ijodiy Shaharlar Tarmog`ida munosib o`rin egallashi ajablanarli emas. Chunki, ushbu tarmoqga kiritilgan uch xil shahar Turkiya oshxonasining barcha hususiyatlarini ifodalay oladi: Gaziantep, Hatay va Afyonkarahisar – ko`p asrlik an`analar asosida yaratilgan ajoyib oshxonaga ega shaharlar hisoblanadi.

Gaziantep: Kabob va paxlavaning vatani

Mesopotamiyaning shimoli-g`arbiy mintaqasida joylashgan Gaziantep tarix davomida boy qishloq xo`jaligi mahsulotlari, iqlimi va unumdor tuproqlari bilan mashhur bo`lgan. Gaziantepga hos 500 ga yaqin taom turlari mavjud bo`lib, shaharning istalgan joyida eng lazzatli oshxonani uchratishingiz mumkin.

Gaziantepdagi kabob, jigar yoki lahmajun tayyorlash restoranlari, baklava, katmer va boshqa shirinlik do`konlari; shaharning qaeriga bormang, mazali taomlarning xushbo`y hidlari sizni maftun etadi.Bu shahardagi taomlarning ta`mi haqiqatan ham betakrordir. Gaziantep halqining oshxonaga qiziqishi boshqacha. Shaharda har yili bahor oylarida bo`lib o`tadigan uch kunlik Xalqaro Gaziantep gastronomiya festivalida (GastroAntep) ko`plab mahalliy va xorijiy mehmonlar, taniqli oshpazlar ishtirok etadi.

Hatay: Oshxonada aks etgan madaniyat

Turkiyaning yana bir afsonaviy oshpazlik markazi hisoblangan Hatayda mahalliy oshxona ming yillar davomida shakllanib kelgan.

2017 yilda gastronomiya sohasida YuNESKO kreativ shaharlar tarmog`iga qo`shilgan Hatayning afsonaviy lazzatlari haqida gapirib o`tishdan oldin shahar qassoblarini ham eslatib o`tish joiz.

Tashrif buyurganingizda tatib ko`rish kerak bo`lgan birinchi taom bu, tepsi (lagan) kabobdir. Tovoqqa yoyilgan holda pishirilgan bu mashhur kabob, Onado`lining boshqa shaharlarida bo`lgani kabi juda lazzatli tayyorlanadi. O`choqda pishirilgach, dasturxoningizga tortiladi.

Afyonkarahisar: eng mazali qaymoq diyori

O`zining qaymog`i, lokumi, go`sht maxsulotlari, kartoshkali noni va boshqa ko`plab jug`rofiy ko`rsatkichli mahsulotlar bilan mashhur Afyonkarahisar oshxonasi YuNESKO gastronomiya sohasidagi Ijodiy Shaharlar Tarmog`iga kiritilgan.

Hozirda dunyoning 36 ta shahar kiritilgan mazkur tarmoqga Afyonkarahisar Turkiyaning Gaziantep va Hataydan keyin ushbu tarmoqqa qo`shilgan Shahar hisoblanadi.

Afyonkarahisarda to`y taomlarining ajralmas qismi bo`lgan Keshkek taomi oddiy usulda yoki qaymoq qo`shib tayyorlanadi.

Bu mintaqa oshxonasining yana bir ko`p asrlik ajralmas qismi - bu tandir pechi bo`lib, unda qo`zichoq go`shti uch soat davomida pishiriladi, bir kun tindiriladi, so`ngra guruch yoki non bilan dasturxonga tortiladi.

Afyonning sut va go`shtlari mashhurligi ortida albatta shaharning boy bioxilma-xilligi turadi. Hududa o`sadigan shifobaxsh o`tlari bilan boqiladigan chorva mollari ham mintaqaning mazali go`sht va sutining sifatini ta`minlaydi.

Afyonkarahisar hokimligi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 2019-yilda mazkur Shahar, YuNESKO ning IjodiyShaharlar Tarmog`iga kiritilgan.

 

    Boshqa yangiliklar