AsosiyJamiyat

Urganch xalqaro aeroportida fuqaroni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol qo`lga olindi

'Urganch xalqaro aeroportida fuqaroni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Xorazm viloyatida fuqaroni fohishalik qilish uchun olib ketayotgan ayol aeroportda ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Departament hamda DXXning Tuproqqal`a tumani bo`limlari tomonidan fuqaro G.ning murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.L. boshqa bir fuqaro G.ni Turkiya davlatiga fohishalik qilish uchun olib ketayotgan paytida Urganch xalqaro aeroportida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.

 

    Boshqa yangiliklar