Bugun, 13-may kuni soat 05:16 larda Jizzax viloyati G`allaorol tumani “Lalmikor” MFY hududida 1994-yilda tug`ilgan fuqaro U.A. boshqaruvida bo`lgan Cobalt rusumli engil avtomobil boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`ldan chiqib ketgan va yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Shundan so`ng, avtomobilda yong`in chiqqan.
G`allaorol tumani FVBning yong`in-qutqaruv bo`linmasi soat 6:35 da aytilgan manzilga etib borgan va soat 6:38 da yong`in bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida avtomobil haydovchisi elka, o`ng qo`l kafti va yuz qismi kuyishi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Yong`in-qutqaruv qismidan yong`in joyigacha bo`lgan masofa – 53 km.
Shu o`rinda haydovchilardan yo`llarda harakat xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini va charchoq holatida avtomobil boshqarmasliklarini so`raymiz.






