Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid al-Nahayyon seshanba kuni 86 yoshida vafot etgani haqda xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va mamlakat Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga Prezident Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning vafot etgani munosabati bilan hamdardlik yo`lladi.






