AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda dorilarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Yangiyo`lda dorilarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Yangiyo`l tumani bo`limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro M.I. va boshqalar dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 630 quti “Remdesivir for injection”, “Zemen”, “Sefason” va “Sulmerop” nomli tegishli hujjatlari bo`lmagan dori vositalarini fuqaro F.ga 219,9 mln so`mga sotishga kelishib, ushbu pul hisobidan 20 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar