14 may kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a`zo mamlakatlarning OAV va axborot sohasiga mas`ul idoralari rahbarlarining to`rtinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi.
Yig`ilishdan ko`zlangan maqsad — turkiy davlatlar o`rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikasiyalar bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Unda ishtirok etgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjaev Turkiya Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig`i Faxretdin Altun bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda turli jabhalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb mavzular bo`yicha fikr almashilgan. Xususan, dezinformasiyaga qarshi kurashish, feyk xabarlarni ekspertiza qilish, mediasavodxonlik, axborot qonunchiligini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.