AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev BAAning yangi Prezidentini tabrikladi

'Shavkat Mirziyoev BAAning yangi Prezidentini tabrikladi'ning rasmi

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklariga yangi prezident tayinlangani haqida xabar bergan edik

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Arab Amirliklari Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni mamlakat Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

"Sizning so`nggi yillarda O`zbekiston va Amirliklar o`rtasidagi ko`p qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qo`shib kelayotgan beqiyos amaliy hissangizni va ko`rsatayotgan e`tiboringizni katta mamnuniyat bilan e`tirof etmoqchiman.

Kelgusida ham birgalikdagi qat`iy intilishlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz o`rtasida jadal rivojlanib borayotgan o`zaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qo`llab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan sherikligimiz izchil kengayib borishiga aminman", deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.

    Boshqa yangiliklar