AsosiyJamiyat

Toshkentda ShHT turizm forumi bo`lib o`tadi

'Toshkentda ShHT turizm forumi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 19-20 may kunlari Toshkentdagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning turizm sohalari vakillari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tadi. Tadbir O`zbekiston Respublikasining 2022 yildagi ShHT sammitiga raisligi doirasida tashkil etilmoqda. Bu haqda turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

20 may kuni akademik va ishbilarmon doiralar, shuningdek, tashkilotga a`zo davlatlarning turizm sohasi vakillari ishtirokida “ShHTga a`zo davlatlar o`rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichi: turizm va madaniy meros” nomi ostidagi turistik forum bo`lib o`tadi. Forum ishtirokchilari tomonidan xalqaro turizmning dolzarb masalalari, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar madaniy merosini saqlash va targ`ib qilish, shuningdek, turizm va madaniy meros sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etiladi.

Yig`ilishda turizm sohalari rahbarlari turistik sayohatlarni qayta tiklashni jadallashtirish bo`yicha qo`shma tashabbuslar, turizmning iqtisodiy o`sish multiplikatori sifatidagi rolini oshiradigan yangi loyiha va dasturlarni ko`rib chiqadi.

Bo`lajak yig`ilishlar kun tartibidan Turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish to`g`risidagi bitim va ShHTga a`zo davlatlar o`rtasida muzey ishi sohasida hamkorlik to`g`risidagi memorandum loyihalarini muvofiqlashtirish ham o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar