Hindiston poytaxti Dehlida kamida 27 kishining hayotiga zomin bo`lgan ofis binosida sodir bo`lgan yong`indan so`ng 28 nafar bedarak yo`qolganlar haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Times of India xabar bermoqda.
"Bizga bedarak yo`qolganlar haqida 28 ta xabar kelib tushdi. Biz arizachilar va ularning bedarak yo`qolganlar bilan munosabatlari haqida ma`lumot to`playapmiz... Har qanday ma`lumot olishimiz bilan ular xabardor qilinadi", — fuqaro muhofazasi vakili Sunil Kumar.
O`t o`chiruvchilar qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida ikkinchi qavatda odam qoldiqlarini topishdi. Biroq, u erda qancha odam halok bo`lgani ma`lum emas.
"O`lganlar soni ortishi mumkin", dedi Dehli o`t o`chirish boshqarmasi boshlig`i Atul Garg.






