Toshkentda ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 14 may kuni taxminan soat 01:00 da Amir Temur ko`chasi va Bog`i shamol ko`chalari chorrahasida ikki avtomobil, ya`ni 1997 yilda tug`ilgan X.O. boshqaruvidagi “Spark” rusumli (davlat raqami 01 J 916 JB) va 2000 yilda tug`ilgan A.B. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli (davlat raqami 01 U 476 QB) transport vositalari to`qnashgan. YTH sabablari o`rganilmoqda.
YTH natijasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi va yo`lovchisi 2001 yilda tug`ilgan M.M. tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv o`tkazilmoqda.






