AsosiyJamiyat

Farg`onada "Man" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib ketdi

'Farg`onada "Man" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, ag`darilib ketdi'ning rasmi

Farg`onada "Man" rusumli yuk avtomobili haydovchisi harakatni yo`qotishi natijasida chetda turgan 3 ta engil avtomobillarga to`qnashgan. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, voqea 14 may kuni soat 00:30 larda Farg`ona viloyati, Marg`ilon shahri hududidan o`tuvchi 4P-112 avtomobil yo`lining 228-kilometridagi aylanma yo`lida haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan I.R. "Man" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida transport vositasi ag`darilgan va yo`l chetida to`xtab turgan 3 ta engil avtomobillarga to`qnashgan.

Hodisa natijasida, to`xtab turgan "Lacetti" avtomobilining haydovchisi, 1980 yilda tug`ilgan O`.Z. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yuk avtomobili haydovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi TB xodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar