1

APL. "Manchester Siti" Londonda ochko yo`qotdi

Sport 15.05.2022, 20:15
APL. "Manchester Siti" Londonda ochko yo`qotdi

Angliya Premer-ligasi 37-tur doirasida peshqadam "Manchester Siti" klubi Londonda mehmon bo`ldi. 

"Vest Hem"ga qarshi maydonga tushgan "shaharliklar" kutilmaganda 2:2 hisobida durang natija qayd etdi. Birinchi bo`limni mezbonlar 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yakunladi. 

Tanaffusdan keyin "Manchester Siti" ketma-ket ikki bor raqib darvozasini ishg`ol qildi. Keyinchalik penaltidan Riyod Mahrez foydalana olmadi. 

Shunday bo`lsada, Xosep Gvardiola shogirdlari o`z ochkolari sonini 90taga etkazgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Liverpul" esa 36ta o`yindan keyin 86 ochko bor. 

APL. 37-tur
Vest Hem — Manchester Siti 2:2
Gollar: Bouen (24, 45) — Grilish (49), Soufal (avt. 69)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1