Toshkentda diniy hamjamiyatlar o`rtasida do`stlikni mustahkamlash, e`tiqod erkinligini ta`minlash sohasida «Deklarasiyalar muloqoti» xalqaro forumi o`tkazilmoqda. Bu haqda Darakchi.uz muxbiri Karim Zaripov xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, ayni vaqtda “Deklarasiyalar muloqoti" xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminarlar boshlandi.
Tadbir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Global hamkorlik instituti (AQSh) bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita ko`magida o`tkazilmoqda.
Unda Evropa, Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va AQShdan taniqli din ulamolari, ilohiyotshunoslar, huquqshunoslar va rasmiylar ishtirok etmoqda.
Seminarda O`zbekiston tomonidan turli konfessiya vakillari, din olimlari, din ulamolari, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Forum haqida qo`shimcha ma`lumotlarni Darakchi.uz da kuzating.






