AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi

'O`zbekiston xalq baxshisi  Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston xalq baxshisi, Sherobod dostonchiligi maktabi vakili Abdunazar Poyonov 73 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Abdunazar Poyonov 1949 yil Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida tug`ilgan. 2003 yilda O`zbekiston xalq baxshisi unvoni bilan taqdirlangan. Dostonchilik an`analarini Mardonaqul baxshi, Umr baxshilardan o`zlashtirgan, Abdunazar baxshi  repertuaridan “Alpomish“, “Malika ayyor“, “Sherali“ va boshqa dostonlar, do`mbira kuylari hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida o`zi ijod qilgan termalar o`rin olgan. Xalqaro  va respublika baxshi-shoirlar tanlovlari g`olibi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar