AsosiyJamiyat

"Yomg`ir, shamol, issiq..." "O`zgidromet" hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi

'"Yomg`ir, shamol, issiq..." "O`zgidromet" hafta davomida qaerda qanday ob-havo bo`lishini ma`lum qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ushbu haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun respublika bo`yicha havo kam bulutli va quruq bo`ladi. Kunduz kuni havo may oyi o`rtalari uchun bo`lgan me`yoriy qiymatlargacha isiydi va 27-30° atrofida bo`ladi.

Ertaga respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga nam bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda, ularning o`tishida Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin.

18 mayda nam havo massasining sharqqa qarab harakatlanishi respublikaning markaziy va sharqiy hududlari bo`yicha beqarorlikni keltirib chiqaradi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunduz kuni ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi va momaqaldiroq bo`ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

19 mayda faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yomg`ir yog`ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi.

20 mayda respublika bo`yicha quruq va iliq bo`ladi.

Ushbu haftada havo harorati 25-30° atrofida, ba`zi joylarda 32° gacha bo`ladi.

18-19 may kunlari tog`larda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi. Ush haftaning qolgan kunlarida faqat ayrim tog`li hududlarda mahalliy xususiyatga ega bo`lgan yomg`irlar kuzatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar