AsosiyDunyo

Rossiyada o`zbekistonlik haydovchilar eng ko`p YTH sodir etgani ma`lum bo`ldi

'Rossiyada o`zbekistonlik haydovchilar eng ko`p YTH sodir etgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`tgan yili Rossiyadagi yo`l-transport hodisalarida xorijlik haydovchilar orasida O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston fuqarolari ko`proq sodir etgan. Bu haqda  TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2021 yilda o`zbekiston fuqarolari tomonidan 1290 ta YTH sodir etilgan, Qirg`iziston fuqarolari tomonidan 192 ta,  tojikistonliklar tarafdan 894 ta YTH sodir bo`lgan. Shuningdek, birinchi beshlikka Armaniston va Ozarbayjon fuqarolari kirgan bo`lib, ular mos ravishda 417 va 346 ta avtohalokat sodir etgan. Haydovchilar – MDH fuqarolari o`rtasidagi oqibatlar og`irligining eng yuqori ko`rsatkichi Qozog`iston va Belarus fuqarolarining, MDHga aloqasi bo`lmagan – Turkiya fuqarolarining aybi bilan sodir bo`lgan yo`l-transport hodisalarida qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar