AsosiyDunyo

Mamlakatda bir kunga etadigan benzin qolgan — Shri-Lanka bosh vaziri

'Mamlakatda bir kunga etadigan benzin qolgan — Shri-Lanka bosh vaziri'ning rasmi

Shri-Lanka bosh vaziri Ranil Vikremesingxe mamlakatda benzin bilan bog`liq vaziyat juda yomonligini ma`lum qildi. Uning ta`kidlashicha, Shri-Lanka bir kunlik benzin zaxirasiga ega. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mamlakat iqtisodiy inqirozga uchragan va muhim tovarlar importi uchun to`lovlarni to`lash uchun keyingi bir necha kun ichida 75 million dollar kerak bo`ladi.

"Keyingi bir necha oy hayotimizdagi eng qiyin oy bo`ladi. Biz ba`zi qurbonliklar qilishga va zamon qiyinchiliklariga duch kelishga tayyor bo`lishimiz kerak", dedi u.

"Yaqin bir necha kun ichida taxminan 75 million dollar  kerak. Hozirda bizda bor-yo`g`i bir kunlik yoqilg`i bor," deydi  Vikremesingxe. Uning eslatishicha, yaqinda etkazib berilgani tufayli “dizel yoqilg`isi taqchilligi muammosi ma`lum darajada hal bo`ladi”.

Shri-Lanka hukumati rahbari “elektr energiyasining chorak qismi yoqilg`i hisobidan ishlab chiqarilgani sababli, mamlakatda elektr energiyasining o`chishi kuniga 15 soatgacha etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar