AsosiyDunyo

"Tolibon" Afg`oniston armiyasiga 150 ming kishini jalb qilmoqchi

'"Tolibon" Afg`oniston armiyasiga 150 ming kishini jalb qilmoqchi'ning rasmi

"Tolibon" harakati Afg`oniston armiyasiga rejalashtirilgan 150 ming kishidan 130 mingdan ortig`i yollangani ma`lum qildi. Bu haqda "Tolo News" xabar bermoqda. 

Mudofaa vazirligining "Tolibon" hukumatidagi vakili Inoyatulloh Havorazmiy ta`kidlashicha, armiyani shakllantirish jarayoni hamon davom etmoqda.  Afg`oniston xalqi oxirigacha “xavfsizlikni ta`minlaydigan, afg`on zamini va chegaralarini himoya qiladigan mustaqil, yaxshi shakllangan va fidoyi armiyani qurmoqchi.

"Tolibon" harakati hokimiyatni egallashdan oldin sobiq Afg`oniston hukumatining milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari soni 350 mingdan ortiq edi. Harakat mamlakatda hokimiyat tepasiga kelganidan so`ng ularning ko`pchiligi ta`qib va  qatl tufayli mamlakatni tark etishga majbur bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar