"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 17 may kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° atrofida bo`ladi.
Qayd etilishicha, poytaxt Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 30-32° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22° bo`ladi.






