AQShning Florida universiteti geologlari va bog`bonlari regolitda, ya`ni Apollonning birinchi qo`nishi paytida to`plangan oy tuprog`ida muvaffaqiyatli o`simlik etishtirib, NASAning 2024 yilda Oyda tadqiqotlarni davom ettirishiga undaydigan xulosalarni e`lon qildi. Unga ko`ra, olimlar tomonidan ekilgan urug` 60 soat o`tib, unib chiqqan va novdalar bera boshlagan.
Regolit (oy tuprog`i)ni olish oson ish emas edi, shuning uchun UF kosmik zavodi laboratoriyasi olimlari tuproq bilan ishlash imkoniyatini berish uchun 11 yil ichida uch marta NASAga murojaat qilishgan. Erdagi regolit zaxiralari cheklangan va u NASAning Jonson kosmik markazida oksidlanish va ifloslanishning oldini olish uchun azot ostida saqlanadi.
Qayd etilishicha, regolit Er tuprog`idan sezilarli darajada farq qiladi, chunki u radioaktiv quyosh nurlariga ta`sir qiladi. Unda o`simliklarni etishtirish uchun "Murashige-Skoog" deb nomlangan maxsus o`g`it aralashmasini, shuningdek, muntazam sug`orishni talab qiladi. Ushbu qo`shimchalar regolitda muhim oziq moddalar etishmasligini qoplaydi.
Tadqiqotni moliyalashtirishda yordam bergan NASA 2021 yilda jamoaga 12 gramm regolit bergan. Urug`lar ekilganidan so`ng, olimlar uni qattiq nazorat ostida o`simliklar etishtirish xonasida terrariumlarga o`tkazishgan. Tadqiqotchilar dastlab urug`larning unib chiqishiga ishonchlari komil bo`lmagan, chunki bu birinchi turdagi tajriba edi. Ammo ekilganidan 60 soat o`tgach, regolitdagi barcha urug`lar unib chiqqan va mayda novdalar bera boshlagan.
Biroq jamoaning muvaffaqiyati qisman qaysi urug`lar tanlanganiga ham bog`liq edi. Arabidopsis - kosmosda bo`lgani kabi, Er yuzasida ham tadqiqot qilish uchun namuna organizm sifatida juda tez-tez ishlatiladigan o`simlik hisoblanadi. Olimlar ham regolitda undirish uchun aynan shu o`simlikni tanlagan.






