Joriy yilning 18-23 may kunlari respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg`irlar yog`ishi kutilmoqda, do`l yog`ishi mumkin. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi.
18-23 may kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzar, Koson tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqorg`on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Pskent, O`rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg`on tumanlarida;
Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog` oldi va tog`li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.






