AsosiyDunyo

Havo ifloslanishi yiliga 6,7 million kishining umriga zomin bo`lmoqda — JSST

'Havo ifloslanishi yiliga 6,7 million kishining umriga zomin bo`lmoqda — JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlari insoniyat salomatligi va hayotiga tahdid solayotgan yana bir global xatar hamda uning asoratlari haqida ma`lumot berdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Tahlillarga ko`ra, atmosfera havosining ifloslanishi yiliga dunyo bo`yicha 6 million 700 ming kishining hayotiga zomin bo`lmoqda. Bu raqam 2015 yilda e`lon qilingan ko`rsatkichlardan birmuncha yuqori.  

Xavotirli jihati, kelgusida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Ifloslangan havodan nafas olish aholi o`rtasida xavfli kasalliklarning ko`payishiga sabab bo`ladi.  

Jumladan, xuddi shu omil tufayli zaharli moddalar o`pka orqali qon aylanish tizimiga kirib, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, nafas yo`llarida jiddiy muammolar yuzaga keladi.  

Kul zarralari va chang konsentrasiyasi ortishidan allergiyaga moyil bemorlar ham aziyat chekadi. O`z navbatida, bronxial astma, demans va boshqa ko`plab surunkali kasalliklar rivojlanishi xavfi paydo bo`ladi.

Mazkur global muammodan ayniqsa, o`rta va past daromadli mamlakatlar aholisi eng ko`p zarar ko`rishi taxmin qilinyapti.  

 

Shu sababli JSST dunyo davlatlari atmosfera ifloslanishining oldini olishga qaratilgan tezkor va samarali choralar ko`rishi zarur, degan xulosada. 

    Boshqa yangiliklar