AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi Ukrainaga 9 mlrd evro gumanitar yordam ajratmoqchi

'Evropa Ittifoqi Ukrainaga 9 mlrd evro gumanitar yordam ajratmoqchi'ning rasmi

Evrokomissiya rahbari Ursula Fon der Leen chorshanba kuni Evropa Ittifoqiga Ukrainaga 2022 yilda qo`shimcha makromoliyaviy yordam sifatida 9 milliard evro ajratishni taklif qilmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda. 

“Biz Ukrainaga 2022 yilda 9 milliard evrogacha bo`lgan qo`shimcha makromoliyaviy yordam ko`rsatish orqali qisqa muddatda yordamni sezilarli darajada oshirishni taklif qilamiz”, — dedi u.

Evrokomissiya rahbari Ittifoqqa a`zo davlatlar, xalqaro homiylar, moliya institutlari va boshqa sheriklarning sa`y-harakatlarini birlashtirishni taklif qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar