"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 20 may kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° gacha ko`tariladi.
Poytaxt Toshkentda kechga tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 28-30° gacha isiydi.
Qayd etilishicha, tog` oldi va tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22° bo`ladi.






