Uning bashoratlariga e`tibor berilgan holda, iyun va iyul oylari Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari issiq va quruq kelishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Gidrometeorologik ilmiy tahlillar, ob-havo prognozlari, tadqiqotlar, ma`ruzalar telegram kanali muallifi Erkin Abdulahatov o`z fikrlarini bildirdi.
Uning "Kazgidromet"ga tayanib yozishicha, yozning boshidagi ikki oy Qozog`istonning g`arbiy qismlarida issiq va quruq keladi. Sharqiy va shimoliy qismlarida me`yor atrofidagi haroratlar kutiladi. Avgust esa biroz mo``tadil bo`ladi.
Qayd etilishicha, qozoq sinoptiklari yozning oxirgi oyida respublikaning barcha hududlarida iqlimiy me`yor atrofidagi issiqlik bo`lishini kutishmoqda. Yog`inlar esa yoz bo`yi me`yor va me`yordan kam bo`lishi prognoz qilinmoqda. Tog`li va sharqiy hududlardagina qisqa muddatli jadal yog`inlar hisobiga ko`proq bo`lishi mumkin.
"Kazgidrometning maslahatomus prognozlariga e`tibor berilsa, yuqori ehtimol, iyun va iyul oylari bizning Qoraqalpog`iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari issiq va quruq keladi. Qozog`istonning janubi bilan bevosita chegaradosh Jizzax, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yoz mavsumi me`yoriy havo to`lqinlari qurshovida bo`lishini taxmin qilish mumkin",-deydi Abdulahatov .






