Joriy yilning 19 may kuni soat taxminan 04:00 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli va TXAY ko`chalari kesishmasida joylashgan kúprik ostida davlat raqami 01 V 010 LB bo`lgan “Lacetti” hamda davlat raqami 01 G 179 NB bo`lgan “Captiva” rusumli transport vositalari to`qnashuvi oqibatida YTH sodir bo`lgan. “Captiva” transport vositasini boshqargan noma`lum shaxs voqea joyidan yashiringan.
Aniqlanishicha, davlat raqami 01 G 179 NB bo`lgan “Captiva” transport vositasi 1982 yilda tug`ilgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro M.B.ga tegishli bo`lib, hozirda surishtiruv organlaridan yashiringanligi sababli, fuqaroga nisbatan mahalliy qidiruv e`lon qilingan. YTHga uchragan transport vositasini ham topish choralari ko`rilmoqda.
Holat yuzasidan jamoatchilikka qo`shimcha ravishda ma`lumot berilishi aytilgan IIV Axborot xizmatining xabarida.






