AsosiyJamiyat

"Partnerships Awards" - 2022: O`zbekiston tarixida birinchi marta Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi g`oliblar orasidan o`rin oldi

'"Partnerships Awards" - 2022: O`zbekiston tarixida birinchi marta Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi g`oliblar orasidan o`rin oldi'ning rasmi

2018 yil oxiridan boshlab faoliyat yuritayotgan Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) dasturi Prezident rahnamoligida 2017 yilda boshlangan keng qamrovli islohotlar jarayonining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. DXSh orqali O`zbekiston takomillashtirilgan davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun juda zarur bo`lgan moliyalashtirishni jalb qilish va xususiy sektor ekspertizasini o`tkazish uchun muqobil mexanizmni maqsad qilib qo`ygan. Binobarin, bu sa`y-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yaxshi qayd etilmoqda, buni O`zbekistonni 2022 yilgi hamkorlik mukofotlari sovrindori deb e`lon qilinishi misolida ham ko`rish mumkin.

Mukofot haqida qisqacha ma`lumot:

"Partnershis Awards" sohadagi mukammalikni e`tirof etishning eng katta va eng nufuzli sovrini hisoblanadi. Bu yil, ushbu mukofot pandemiya keltirib chiqargan muayyan muammolarga javoban tashkilotlar va shaxslar tomonidan rejalashtirilgandanda ko`proq natijalarga erishish uchun qilingan ulkan sa`y-harakatlarni aks ettiradi.

"Partnershis Awards" muhim ahamiyatga egaligi shundaki, ular eng kuchli tanqidchilar tomonidan baholanadi. Ekspertlardan iborat baholash paneli davlat va xususiy sektorni namoyish etuvchi 30 dan ortiq soha mutaxassislaridan iborat. Baxolash paneli a`zolari DXSh sohasidagi mutaxassisligi, tajribasi va haqqoniyligi asosida tanlanadi.

Ushbu mukofot "Haymarket Media" guruhining bir qismi bo`lgan "Partnerships Bulletin" tomonidan tashkil etilgan. Bu davlat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va saqlash uchun sheriklik aloqalarini o`rnatadigan davlat va xususiy sektor rahbarlariga muxim ma`lumotlarini taqdim etadi.

Ma`lumot uchun: "Partnership Bulletin" davlat va xususiy sektor rahbarlariga davlat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va saqlash uchun sheriklik aloqalarini o`rnatadigan muhim ma`lumotlarini taqdim etadi. Tahririyat qamrovi, ma`lumotlar bazasi va bozorga oid etakchi tadbirlar orqali transport, ijtimoiy va kommunal infratuzilma sohalarini shakllantiradigan loyihalar, sheriklar va siyosat haqida ma`lumot almashinish platformalari bilan ta`minlaydi.

Partnerships Awards 2022:

Joriy yildagi "The Partnership Awards" 19 may kuni Londondagi "The Hilton on Park Lane" da bo`lib o`tgan tadbirda, nafaqat 2021 yilgi mukofot g`oliblari, balki 2022 yilgi mukofot g`oliblari ham e`lon qilindi. Tadbirga bag`ishlangan kecha jamoalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ajoyib hamkorlik va loyihalarni nishonlash uchun DXSh sohasining barcha jabhalaridan yuqori lavozimli vakillarni birlashtirdi. Bu so`nggi ikki yil ichida sodir bo`lgan tahsinga sazovor ishlarni keng nishonlashi uchun sektor vakillarini birlashishi uchun qulay imkoniyat bo`ldi.

2022 yilgi Partnerships Awards O`zbekiston uchun juda muhim bo`ldi, chunki O`zbekiston tarixida birinchi marta O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (DXSh RA) davlat sektorining "yil targ`ibotchisi" nominasiyasida g`olib bo`ldi. Bu hukumatning rivojlanish strategiyasining negizida DXSh dasturining joylashtirilganligining yorqin namunasidir.

Ma`lumot uchun: ushbu mukofotni 2018 yilda Bangladesh, 2017 yilda Melburn va 2016 va 2014 yillarda esa Filippin qo`lga kiritgan.

Bundan tashqari, eng yaxshi kommunal xizmatlar loyihasi nominasiyasida ikkita loyiha finalchilar qatoriga kiritilgan: (a) Abu Dabi "Future Energy" kompaniyasi (Masdar) tomonidan amalga oshirilgan 457 Mvt Sherobod Quyosh DXSh loyihasi va (b) "Veolia Energy Tashkent" tomonidan amalga oshirilgan Toshkent shahar isitish tarmog`ini ishlatish, texnik xizmat ko`rsatish va modernizasiya qilish bo`yicha loyihasi.

    Boshqa yangiliklar