O`zbekiston ko`chmas mulk bozorida faollik sezilarli darajada oshganini ko`rsatdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sektor mudiri Xalilulloh Hamidov ma`lum qildi.
Keltirilishicha, Jizzax (4,6%) va Navoiy (5,1%) viloyatlarida yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan ko`chmas mulklar soni ulushining nisbatan yuqoriligi mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyati uchun ko`chmas mulk ob`ektlari muhim ekanligidan dalolat bergan.
Hududlar kesimida eng yuqori yillik o`sish sur`atlari Xorazm (39 foiz), Surxondaryo (32 foiz), Namangan (29 foiz), Jizzax (27 foiz), Samarqand (25 foiz) viloyatlarida qayd etildi.
Sirdaryo (2,6 foiz) va Toshkent (2,2 foiz) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (3,8 foiz) nisbatan pastroq o`sish sur`atlari kuzatildi.
Jizzax (4,6 foiz) va Navoiy (5,1 foiz) viloyatlarida yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan ko`chmas mulklar soni ulushining nisbatan yuqoriligi mazkur hududlarda tadbirkorlik faoliyati uchun ko`chmas mulk ob`ektlari muhim ekanligidan dalolat beradi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko`chmas mulk oldi-sotdisi
Hududlar bo`yicha jismoniy shaxslar tomonidan ko`chmas mulk oldi-sotdisi bo`yicha eng ko`p shartnomalar Toshkent shahri (6,9 ming), Toshkent (2,5 ming) va Farg`ona (2,1 ming) viloyatlarida kuzatildi.
Shu bilan birga, yuridik shaxslar aksariyat ko`chmas mulkni Toshkent (79), Navoiy (60) va Jizzax (27) viloyatlarida sotib olishgan.
Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o`zgarishi
Tahlil natijalariga ko`ra, aprel oyida ikkilamchi bozorda o`rtacha uy-joy narxlari mart oyiga nisbatan 2,1 foizga o`sdi (martda 1,9 foiz kamayish).
Narxlarda eng yuqori o`sish sur`atlari Jizzax (6,5 foiz), Andijon (5,3 foiz), Toshkent (5,1 foiz) va Sirdaryo (5 foiz) viloyatlarida kuzatilgan bo`lsa, Surxondaryo (-1,7 foiz), Namangan (-1,4 foiz) va Xorazm (-1,2 foiz) viloyatlarida narxlar pasaygan.
Toshkent shahrida o`tgan oyga nisbatan ikkilamchi bozorda o`rtacha uy-joy narxlari 1,3 foizga o`sdi. Uy-joy narxlarining o`sishi barcha tumanlarda qayd etilgan bo`lib, eng yuqori o`sish Bektemir (3,5 foiz), Mirobod (2,6 foiz) va Yunusobodda (2,4 foiz) kuzatilgan.
Hisob-kitoblarga ko`ra, Toshkent shahri bo`yicha aprel oyida o`rtacha ijara narxi 8,6 dollarni (1 kv metr uchun) tashkil etib, o`tgan oyga nisbatan 0,4 foizga o`sgan (martda 9,1% o`sish). Tumanlar kesimida yuqori ijara narxlari Shayxontohur (11,7 dollar), Mirobod (10,8 dollar) va Yakkasaroyda (10,6 dollar) qayd etilgan bo`lsa, nisbatan pastroq ijara narxlari Sergeli (5,6 dollar), Bektemir (6,2 dollar) va Uchtepa (6,7 dollar) kuzatildi.






