“O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi direktori D.Kattaxodjaev va vazirlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va jihozlar muomalasini tartibga solish hamda muruvvat yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas`ul xodimi egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur lavozimdagi shaxslar Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`iga asosan, xizmat faoliyatida yo`l qo`ygan xato va kamchiliklari hamda tizimda davlat xaridlarini amalga oshirishdagi sustkashligi uchun vazifasidan ozod etilgan.






