AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan o`quvchilar uchun maktab formasi majburiy bo`ladi

'Yangi o`quv yilidan o`quvchilar uchun maktab formasi majburiy bo`ladi'ning rasmi

Hukumat qaroriga (271-son, 19.05.2022 y.) ko`ra, 2022/2023 o`quv yilidan davlat maktablarida o`quvchilar uchun maktab formasi to`liq joriy etiladi (ilgari 2024/2025 o`quv yilidan boshlab joriy etilishi kerak edi). Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 1 iyungacha hududlar kesimida 2022/2023 o`quv yilida maktab formalariga ehtiyoj aniqlanadi.

Kam ta`minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasi mahalliy byudjet hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`lari hisobidan sotib olinishida ko`maklashiladi.

Shuningdek, 2022 yil 10 avgustdan har bir tuman (shahar)da maktab formasi ishlab chiquvchilarning  savdo shoxobchalari tashkil etiladi.

Eslatib o`tamiz, davlat maktablari o`quvchilari uchun yagona maktab formasi shakllari Hukumatning 15.08.2015 yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan edi.

 

    Boshqa yangiliklar