AsosiyJamiyat

Andijonda ko`p qavatli uy tomidan ikki yosh o`zini tashlamoqchi bo`ldimi? Rasmiy ma`lumot berildi

'Andijonda ko`p qavatli uy tomidan ikki yosh o`zini tashlamoqchi bo`ldimi?  Rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali "Andijon viloyati Xo`jaobod tumani Yangi mashina bozor oldidagi do`mni ustidan ikki yosh o`zini tashlamoqchi bo`lgani aytilmoqda" sarlavhasi bilan video e`lon qilindi.

Ushbu holat Andijon viloyati IIB tomonidan o`rganildi.

Aniqlanishicha, bugun soat 17:20lar chamasida Xo`jaobod tumani Mustaqillikning 30 yilligi MFY hududida joylashgan ko`p qavatli uyda yashovchi “X” ismli shaxs “M” ismli shaxs bilan birga atrofni tomosha qilish maqsadida ko`p qavatli uyning tom qismida o`tirishgan paytida shu hududda yashovchi fuqarolar go`yoki ularni tomdan o`zlarini tashlab yuborish niyatida chiqqan deb ko`rsatish maqsadida video tasvirga olishgan.

Ushbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIVning 102 ishonch raqamiga murojaat kelib tushdi va mazkur holat yuzasidan Xo`jaobod tumani IIB mas`ul xodimlari voqea joyiga borib, holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib bordilar.

Mustaqillikning 30 yilligi MFY hududida joylashgan ko`p qavatli uyda yashovchi “X” va “M” ismli shaxslar o`z tushuntirish xatida u erga ikkisi xam atrofni tomosha qilib, o`zaro gaplashib o`tirishganligini ma`lum qildi va ko`p qavatli uyning tom qismidan o`zlarini tashlab yuborish niyati yo`qligi aniqlangandi. Mazkur holat yuzasidan fuqarolar “X” va “M”lar bilan yakka tartibda suhbat o`tkazilib, profilaktik ishlar amalga oshirildi. Kelgusida bu kabi holatlarga yo`l qo`ymasliklari haqida ogohlantirildi, deyiladi Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar