Buxoroga 21–25 may kunlari Toshkent va Farg`onadan qo`shimcha aviaqatnovlar tashkil etildi. Bu haqda Turim va Madaniy meros vazirligi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Toshkent–Buxoro–Toshkent, Farg`ona–Buxoro–Farg`ona yo`nalishida charter aviareyslar tashkil qilindi. Bu Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivaliga respublikaning barcha viloyatlaridan ishtirokchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlarida avtobuslar qatnovi yo`lga qo`yilgan.






