Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida O`zbekistonda 95 023 ta engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarilgan engil avtomobillar soni o`tgan yilning mos davriga nisbatan 30 036 taga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 382,3 ming tonna
— Ko`mir – 1,6 mln. tonna
— Neft – 248 ming tonna
— Gaz kondensati – 459 ming tonna
— Engil avtomobil – 95 023 dona
— Avtobus – 247 dona
— Yuk avtomobillari – 1188 dona
— Avtomobil dvigatellari – 71,1 ming dona






