Bugun, 21 may kuni soat 12:18 lar atrofida «O`zbekiston» yo`nalishida harakatlanayotgan 43- yo`nalishdagi poezd nosozlik yuzaga keldi. Toshkent metropoliteni bergan ma`lumotga ko`ra, poezd nosozlik sabab sekin harakatlanib «Chorsu» metro bekatiga belgilangan jadvaldan kech kirib kelganligi sababli qayta tekshiruvdan o`tkazish maqsadida ushbu bekatga yo`lovchilarni tushirib belgilangan hududga harakatlangan.
2 daqiqadan so`ng esa ushbu poezd ortidan kelgan harakat tarkibi yo`lovchilarni olib, jadval asosida harakatlangan.






