AsosiyJamiyat

Shamol, kuchli yomg`ir, momaqaldiroq, do`l, sel... Bugungi ob-havo haqida ma`lumot berildi

'Shamol, kuchli yomg`ir, momaqaldiroq, do`l, sel... Bugungi ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazning xabar berishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha havo o`zgarib turishi kutilmoqda, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, ba`zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23° bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 18-20° gacha isiydi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, do`l yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 7-12° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar