AsosiyJamiyat

Buxoroda 8-sinf o`quvchisi maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklandi(video)

'Buxoroda 8-sinf o`quvchisi maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklandi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  Buxoro tumanidagi 26-umumta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi maktab direktori tomonidan ayovsiz kaltaklangani haqida video murojaat joylashtirildi. Unda ota qizining ko`kargan qo`llarini namoyish qilgan va uni maktab direktori kaltaklaganini iddao qilgan.   

Viloyat IIBga ko`ra, mazkur holat tuman Ichki ishlar bo`limida tegishli tartibda qayddan o`tkazilgan. Hozirda surushtiruv hamda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar