22-23 may kunlari havo harorati pasayib ketadi, deya xabar bermoqda Uzb_Meteo telegram kanali.
Ta`kidlanishicha, sovuq antisiklonning markaziy yadro qismi O`zbekistondan o`tmoqda.
Bu turdagi antisiklon markaziy qismining O`zbekistonga chuqur kirishi sovuq davrni beradi. O`zgidromet 23 mayga o`tar kechasi deyarli barcha viloyatlarda havo harorati minimumlari +10 +12 daraja iliq, tog`larda +5 darajagacha harorat pasayishini prognoz qilmoqda.
Baland tog`larda, xususan dengiz sathidan 2,5-3 km balandliklarda harorat nol darajaga pasayishi, qor yog`ishi mumkin.






