1

"Buxoro – Xiva – Buxoro" poezdi qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

Jamiyat 22.05.2022, 13:11
"Buxoro – Xiva – Buxoro" poezdi qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

"Buxoro – Xiva – Buxoro" poezdi qatnovi yo`lga qo`yilmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" kompaniyasi xabar bermoqda. 

2022 yil 4 iyundan "Buxoro – Xiva – Buxoro" yo`nalishidagi poezdi Buxoro shahridan chorshanba, juma va yakshanba kunlari soat 12:14da yo`lga chiqadi va Xiva shahriga 18:33da etib keladi. 

Haftaning dushanba, payshanba hamda shanba kunlari soat 08:10 da “Xiva” temir yo`l vokzalidan jo`nab ketadi va soat 14:36 da “Buxoro” temir yo`l vokzaliga etib boradi.

Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1