1

Toshkentning ayrim hududlari elektr energiyasiz qoldi

Jamiyat 22.05.2022, 13:22
Toshkentning ayrim hududlari elektr energiyasiz qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning ayrim hududlarida "sevt" o`chgani haqida xabarlar tarqaldi.

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" matbuot xizmati ma`lum qilishicha, bugun, 22 may kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi  quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishdan chiquvchi er ostidan o`tgan kabel` tarmog`iga shikast etkazilishi natijasida avariya holatida ta`minotda o`chishlar kuzatildi.  

Tumanning Choshtepa ko`chasida joylashgan plastmassa sexi hududidan o`tgan quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli kabel` tarmoqlarini noma`lum pudratchi tashkilot tuman elektr ta`minot korxonasi bilan kelishilmagan holda o`zboshimchalik bilan er qazish ishlari olib borishi natijasida er ostidan o`tgan yuqori kuchlanishli  kabel tarmoqlari uzib yuborilgan.

Buning natijasida, elektr energiyasi bilan ta`minlanuvchi Yangihayot tumanidagi  Choshtepa mahallasi, Yangi Choshtepa ko`p qavatli hamda erli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilish sodir bo`lgan.  

Ayni paytda ushbu holat bo`yicha "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" tasarrufidagi Yangihayot tuman elektr ta`minoti korxonasi  yuqori kuchlanishdagi avariya holatlarini barataraf etish maxsus tezkor ishchi-brigada xodimlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish bo`yicha ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

- Tez fursatlarda nosozlik bartaraf etilib, elektr ta`minoti tiklanishini ma`lum qilamiz, - deyiladi Matbuot xizmati xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1