Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati bergan ma`lumotlarga ko`ra, viloyatning O`zbekiston tumanida 11-may kuni tuman IIB TEQKB va JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida Qudash MFY hududida yashovchi P.Yu.ning yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda tomorqasida 60 tup “kannabis” giyohvandlik o`simliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan O`zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi aytilgan xabarda.






