AsosiyJamiyat

Kuchli yog`ingarchilik oqibatida Namanganning qator hududlariga sel keldi (video)

'Kuchli yog`ingarchilik oqibatida Namanganning qator hududlariga sel keldi (video)'ning rasmi

Kuchli yomg`ir yog`ishi oqibatida 22 may kuni Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumani hududidan oqib o`tuvchi Kosonsoy tumaniga sel keldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, tuman hokimligi va Favqulodda vaziyatlar bo`limining tezkor guruhi selni aholi va ekin erlariga ziyon etkazmasligini nazorat qilib turishgan va betalafot o`tib ketishiga erishilgan.  

Hozirda soy qirg`oqlari yana bir bor ko`zdan kechirilmoqda. Sel kelish xavfini oldini olish va uni bartaraf etish maqsadida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari shay holatda turibdi.

Shuningdek, kuchli yog`ingarchiliklar sabab Chust tumanidagi ayrim xonadonlarga sel suvlari kirib borgan.

    Boshqa yangiliklar