AsosiyJamiyat

"Biz maymun chechagi kirib kelishidan xavotirga tushayotganimiz yo`q. Chunki..." Nurmat Atabekov O`zbekistonda yangi kasallik nima uchun pandemiyaga olib kelmasligini ma`lum qildi

'"Biz maymun chechagi kirib kelishidan xavotirga tushayotganimiz yo`q. Chunki..." Nurmat Atabekov O`zbekistonda yangi kasallik nima uchun pandemiyaga olib kelmasligini ma`lum qildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda  YuNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O`zbekistonda immunizasiya va vaksinasiya jarayonlari, Milliy profilaktik emlash taqvimi va bu borada aholiga ishonchli ma`lumotlarni etkazish yuzasidan soha ekspertlari ishtirokida matbuot konferensiyasi tashkil etildi. 

Unda "darakchi.uz" jurnalistining "Maymun chechagi yurtimizga kirib kelsa, yangi karantin choralari ko`riladimi? Yana maxsus shifoxonalar ajratiladimi?", degan savoliga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor.Nurmat Atabekov javob berdi. 

"Yurtimizga bu kasallik kirib kelgan taqdirda ham birorta shifoxonani mazkur kasallikka moslashtirish yoki alohida shifoxona tashkil etishga ehtiyoj yo`q. Chunki O`zbekistonda 1980 yildan avval tug`ilganlarning barchasi kasallikka qarshi emlangan. Ya`ni hozirda mamlakatimiz aholisining 50 foizida emlash orqali immunitet paydo qilingan. Bilamizki, bunday holatda kasallik ommaviy epidemiya tarzida tarqalib ketmaydi. Shu sabab biz maymun chechagi sabab O`zbekistonda karantin joriy qilish ko`zda tutilmayapti. Shubha ostiga olingan bemor, labarator teshiruvdan o`tkaziladi, agar unda kasallik aniqlansa, u aloqada bo`lgan joy, odamlar aniqlanib, profilaktika o`tkaziladi, bemorlar ko`rsatma asosida davolanadi", - dedi Atabekov.

 

    Boshqa yangiliklar