AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimlarining sayyohlarga elektroshoker ishlatganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

'Samarqandda IIB xodimlarining sayyohlarga elektroshoker ishlatganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

Avvalroq joriy yilning 20 maydan 21 may kuniga o`tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand shahrida tungi xizmatga jalb etilgan Samarqand shahar IIB Patrul-post xizmati xodimlari sayyohlarga elektroshoker ishlatganligi haqida xabar bergan edik.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabar yuzasidan Samarqand viloyat turizm boshqarmasi izoh berdi. Unga ko`ra, mazkur holat IIB va boshqa tashkilotlar tomonidan batafsil, atroflicha o`rganilmoqda. Natijasi OAVlarda e`lon qilinadi. 

Shuningdek, xabarda kelayotgan har bir turistning xavfsizligini ta`minlash shartligi va aybdorlarga tegishli ravishda albatta chora ko`rilishi ham aytib o`tilgan.

    Boshqa yangiliklar